Grek Mitchell:
“Xalqaro erkin diniy eʻtiqod” tashkiloti asoschisi (AQSH):
— Oʻzbekistondagi bugungi tinchlik va hamjihatlik muhiti gʻoyat qadrli va biz bu jarayonda mamlakatingizda amalga oshirilayotgan qizgʻin islohotlarni olqishlaymiz. Oʻzbekiston koʻpmillatli mamlakat sifatida oʻz hududida diniy bagʻrikenglik va millatlaro totuvlikni taʻminlay olayotgan davlat sifatida ham tanilgan. Bu haqda gap ketganda, yurtingizda vijdon erkinligi taʻminlanganini, turli din vakillariga oʻz eʻtiqodini emir-erkin amalga oshirishi uchun sharoit yaratilganini taʻkidlash oʻrinli boʻladi. Diniy taʻlim olish, eng muhimi, din, avvalo, tinchlik va ezgu maqsadlar targʻibotchisi boʻlishi kerakligi yoʻlidagi Oʻzbekiston saʻy-harakatlari ham tahsinga loyiq.
Bugun dunyo tahlikali boʻlib qoldi. Turli diniy nizolar, qurolli toʻqnashuvlar, millatlararo qarama-qarshiliklarga guvoh boʻlib turibmiz. Ana shunday sharoitda biz, barchamiz birlashishimiz, dunyoni, oʻz erkin hayotimizni turli xavf-xatarlardan hamjihatlik yoʻlidagi harakatlarimiz bilan qutqarishimiz har qachongidan-da dolzarb.
Toshkentda oʻtayotgan "Deklaratsiyalar muloqoti” xalqaro forumining asl maqsadi ham shu. Bugun, ikkinchi kundirki dunyoning koʻplab mamlakatlaridan kelgan vakillar bilan ana shu maqsadda yakdil harakatdamiz. Turli fikrlar, mulohazalar bildirilyapti. Ishonamizki, Toshkent forumi, yurtingizda oʻtgan bundan oldingi xalqaro tadbirlar samarali boʻlgani kabi, kutilgan natijadorlik kasb etadi.