Xabarda aytilishicha, yongʻinni bartaraf etish chogʻida qirgʻiz chegarachilari Qirgʻizistonning Jalolobod viloyati hududidan oqib oʻtuvchi kanal suvidan foydalanishga bizning yongʻin-qutqaruv guruhiga ruxsat bergan. Mazkur vaziyatda bu eng samarali yechim edi, chunki suv manbai voqea joyidan 150 metr uzoqlikda joylashgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining maʼlum qilishicha, Oʻzbekiston va Qirgʻiziston oʻrtasida chegaraviy tusdagi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etishda hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi reglament mavjud. Ushbu hujjatga koʻra, tomonlar bunday vaziyatlarda oʻzaro yordam koʻrsatishni nazarda tutadi.