Oʻzbekistondan Afgʻonistonga elektr energiyasini yetkazib berish tiklanadi – Energetika vazirligi

    Energetika 23 Yanvar 2023 1866

    Joriy yil 25-yanvar sanasidan boshlab Oʻzbekistondan Afgʻonistonga elektr energiyasini yetkazib berish qayta tiklanishi rejalashtirilmoqda.

    Joriy yilning 14-yanvar sanasidan respublikamiz hududida havo haroratining keskin pasayishi oqibatida issiqlik elektr stansiyalarida yoqilgʻi taʼminotida vujudga kelgan muammolar, yaʼni yogʻilgʻi tanqisligi va turli nosozliklar paydo boʻlgani, shuningdek, respublika isteʼmolchilarini barqaror elektr energiyasi bilan taʼminlash maqsadida Afgʻonistonga elektr energiyasini yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatilgan edi. Ushbu fors-major holati haqida Afgʻoniston energetika tashkiloti ogohlantirilgan.

    Vazirlikning eslatib oʻtishicha, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan va ichki isteʼmolga moʻljallangan elektr energiyasi eksportga yoʻnaltirmaydi.

    Hukumatlararo kelishuvga muvofiq, amalga oshiriladigan elektr energiyasi import amaliyotining bir qismi Afgʻonistonga (imzolangan shartnomalarga muvofiq) eksport qilinadi.