Oʻzbekistondan Chexiyaga dori-darmon tayyorlash uchun xomashyo yetkazib berilishi mumkin

    Xalqaro hamkorlik 4 Iyun 2023 1044

    Oʻzbekiston Farmatsevtika tarmogʻini rivojlantirish agentligi hamda Chexiyaning Dr. Muller Pharma kompaniyasi vakillari oʻrtasida muzokaralar oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.

    Kompaniya vakillari Andrea Veris va Irina Filipi muzokaralar davomida Oʻzbekistonda farmatsevtika sanoatida qoʻshma loyihalarni amalga oshirishdan manfaatdorlikni qayd etdi.

    Muzokaralar yakunlarida Chexiya tomoni mamlakatdan dori-darmon va kosmetika mahsulotlarini tayyorlash uchun xomashyo yetkazib berish boʻyicha Oʻzbekiston Farmatsevtika sanoatini rivojlantirish agentligi bilan yaqin va uzoq muddatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga tayyorligini bildirdi.

    Dr. Muller Pharma dori vositalari, tibbiyot mahsulotlari, biologik aktiv qoʻshimchalar va kosmetika ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Yevropa, Afrika va Osiyoning 40 dan ortiq davlatlariga oʻz mahsulotlarini eksport qilib keladi.