Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatga doimiy yashash uchun ketilgan kungacha tayinlangan pensiya turar joyidan roʻyxatdan chiqqan oyning oxirigacha toʻlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga doimiy yashash uchun ketayotgan fuqarolarga pensiyani toʻlash uning arizasi va “Doimiy yashash joyidan roʻyxatdan chiqarildi” belgisi boʻlgan shaxsini tasdiqlovchi hujjat asosida toʻxtatilishi mumkin.
Doimiy yashash uchun Oʻzbekiston Respublikasi tashqarisiga ketishgacha tayinlangan pensiya (Oʻzbekiston Respublikasi pensiya taʼminoti toʻgʻrisida xalqaro shartnomalar tuzgan davlatlar bundan mustasno) Pensiya jamgʻarmasi boʻlimiga ketish toʻgʻrisida ariza berilgan kundagi pensiya miqdori hisob-kitobidan kelib chiqib, fuqaro joʻnab ketishidan 6 oy avval milliy valyutada toʻlanadi.