Bu haqda Rossiyaga koronavirus infeksiyasining olib kirishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha tezkor shtab xabar qiladi.
“Toshkent-Samara va Toshkent-Volgograd yoʻnalishlarida temir yoʻl qatnovini 14-iyundan boshlab har bir yoʻnalish boʻyicha haftada bir martalik chastotada qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Shu bilan birga Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiyaga temir yoʻl orqali kirishiga qoʻyilgan cheklovlar bekor qilinadi”, – deyiladi xabarda.