Unda aytilishicha, Oʻzbekiston hududidan Yura davrining soʻnggi bosqichida yashagan ikki oyoqlab yuradigan allozavrlar oilasiga mansub fan uchun yangi boʻlgan dinozavrning bosh suyak qoldiqlari topilgan.

Olimni eng xursand qilgan jihati, maqola mualliflari qatorida ikkita oʻzbekistonlik tadqiqotchilarning borligi boʻldi.

"Yangi dinozavr alohida yangi urugʻga mansub deb koʻrsatilgan. Urugʻ nomi bobakalonimiz Mirzo Ulugʻbek sharafiga, tur nomi esa Oʻzbekiston sharafiga Ulughbegsaurus uzbekistanensis deb nomlangan. Oʻzbek paleontologlarini chin dildan tabriklayman.

Oʻzbekistonda paleontologiya deyarli tegilmagan qoʻriq, hali bizdan juda koʻplab qirilib ketgan, toshga aylangan (fossil) organizmlar qoldiqlari topilishiga ishonaman", deydi olim.