Rossiyalik kinoshunos, radioboshlovchi va sharhlovchi Anton Dolin YouTube kanalidagi “Meduza Originals” nomli shouda Oʻzbekiston haqidagi taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
Dolin Oʻzbekistonga tashrif buyurish uning bolalikdagi orzusi ekanligini taʼkidlab oʻtdi.
“Men Oʻzbekistonni qadimiy, ekzotik va goʻzal zamin sifatida tasavvur etganman. Lekin, ushbu diyor menda kutganimdan ham koʻproq yorqin taassurot qoldirdi”, deya izohladi Anton.
Shuningdek, Dolin Toshkent metrosining “Kosmonavtlar” bekati, buyuk astronom Mirzo Ulugʻbek va uning tarixiy merosi haqida soʻzlab berdi.