Alisher Navoiy nomidagi kinosaroy sahnasiga Hindiston delegatsiyasida yurtimizga tashrif buyurgan Mithun Chakraborti, Bomani Irani, Kunal Kapur, Navab Shoh, Randhir Kapur va boshqa kinoyulduzlar chiqib oʻz taassurotlarini oʻrtoqlashdi.  

Agentlikning bosh direktori Firdavs Abduxoliqov hamda hind aktyori Randhir Kapur boshchiligida afsonaviy hind kinoyulduzi Raj Kapurning byusti olib chiqildi. Mazkur byust Kapurlar sulolasining oʻzbek xalqiga hurmati ramzi sifatida taqdim etildi. 

Soʻng oʻzbek va hind milliy kuy qoʻshiqlari bilan raqslari ijro etildi.

Maʼlumki, hind  kinosi nafaqat Osiyo, balki balki dunyo kinosanoatida ham alohida oʻtin tutadi. Hindiston kino eksporti boʻyicha dunyoda birinchi oʻrinda turadi. Bu yerda bir yilda oʻrtacha mingdan ortiq filmlar suratga olinadi va dunyoning 90 dan ortiq mamlakatlarida namoyish qilinadi.

Toshkent xalqaro kinofestivali dasturidan hind kinoyulduzlari tomonidan mahorat darslari, ijodiy uchrashuv va davra suhbatlari tashkil etiladi.