“Termiz mintaqaviy temir yoʻl uzeli” UK tasarrufidagi temir yoʻl liniyalari togʻli xududning murakkab relyefiga ega boʻlgan mintaqada joylashgan va ushbu sharoitda temir yoʻl tashuvlarini zamonaviy va kuchli elektrovozlar yordamisiz tasavvur qilish qiyin.

Xitoy davlat xolding kompaniyasi CRRC Group (China Railway Rolling Stock Corporation - “Xitoy temir yoʻl kompaniyasi”)da Oʻzbekiston iqlim sharoitlarini inobatga olib ishlab chiqarilgan elektrovozlar mana bir necha yildan beri oʻzini yaxshi tomonidan koʻrsatib kelmoqda.

Yangi keltirilgan elektrovoz yuqori quvvatga ega 2 seksiyadan iborat 8 oʻqli yoʻlovchi va yuk elektrovozi boʻlib, uning quvvati 9,600 kVt ni tashkil etadi. Uning quvvati tufayli lokomotiv barcha ob-havo sharoitlarida ogʻir yuklar bilan ortiqcha qiyinchiliklarsiz harakatlana oladi. Texnik tavsifiga koʻra, mazkut turdagi lokomotiv tezlikni soatiga 120 km.gacha oshirishi mumkin. Har bir lokomotivning ishlash muddati – 40 yil.

Elektrovoz TOSHIBA kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan TCMS zamonaviy nazorat-diagnostika tizimi bilan jihozlangan boʻlib, ushbu tizim elektravozni ortiqcha yuklanishlardan, nosozliklardan himoya qiladi va mashinistga oʻz vaqtida xabar beradi. Yaʼni elektravozning elektron uskunalarining holati, yuqori va past kuchlanishli elektr jixozlarining holati, tormoz tizimi, havfsizlik tizimi, radioaloka tizimi va boshqa tizimlarning sozligi buyicha monitor orqali koʻrsatib turadi. Misol uchun, agar safar davomida uskunalarda muammo aniqlansa, ushbu xabar ichki kompyuter monitoriga chiqariladi va bu yerda, shu bilan birga uni bartaraf etish choralari haqida maʼlumot ham beriladi.