ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining 1 mln dozalik birinchi partiyasi joriy yilning 27-mart kuni, 1 million doza - 27-aprel kuni, 1 mln doza - 18-may kuni, 500 ming doza - 19-may, 1 mln doza – 10-iyunda, 1 mln doza 29-iyun kuni va yana 1 million doza 30-iyun kuni keltirilgan.

Ayni kunda Toshkentda 18 yoshdan yuqori aholi ixtiyoriy ravishda mazkur vaksina bilan emlanmoqda.

Bu Xitoy Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya instituti olimlari tomonidan yaratilgan, Anhui Zhifei Longcom Biopharmaceutical Co.Ltd farmatsevtika kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan hamda oʻzbekistonlik olimlar bilan hamkorlikda klinik tadqiqotlari olib borilgan koronavirusga qarshi yangi rekombinant vaksinadir.