Havo harorati kunduzi 5-10 daraja iliq atrofida boʻladi.

Shu yilning 27-28-yanvar kunlari Rossiya hududlaridan nam va nisbatan sovuq havo massalari kirib keladi, baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir yogʻadi, qorga aylanadi) boʻladi. 29-30-yanvar kunlari esa havo massalari sharqqa tomon siljidi, respublikaning markaziy va sharqiy hududlari boʻyicha baʼzi joylarda biroz qor yogʻishi mumkin.

Ushbu kunlarda harorat asta-sekin kechalari 2-5 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3 daraja sovuq — 2 daraja iliqqacha, shimolda kechalari 8-13 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 3-8 daraja sovuqqacha pasayadi.

Baʼzi joylarga tuman tushishi mumkin.

Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi bor.

Toshkentda: bugun yogʻingarchilik kutilmaydi, havo harorati kunduzi 7-9 daraja iliqni tashkil etadi.

Ertaga kechga tomon yomgʻir yogʻishi mumkin. 28-29-yanvarda vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik (yomgʻir qorga aylanadi) boʻladi. 29-yanvarga kelib, harorat kechalari 1-3 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-2 daraja iliqqacha pasayadi.

Kechasi va eratalb tuman tushishi mumkin. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi.