Oʻzbekistonga yana sovuq havo va qor kirib kelishi kutilmoqda

    Joriy yilning 20-22-dekabr kunlari Oʻzbekiston hududiga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi kutilmoqda.

    20-21-dekabr kunlari respublika boʻyicha baʼzi joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatiladi, togʻ oldi va togʻli hududlarda kuchli boʻlishi mumkin.

    Shamol tezligi baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi. 21-22-dekabr kunlari havo harorati kechalari 7-10 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi.

    Yoʻllarda yaxmalak kuzatiladi.