Ertaga, 6-avgust kuni yana 1 million dozasi keltirilib, jami olib kelingan dozalar soni 10,5 mln.ga yetadi.
29-iyul kuni prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq shahriga tashrifi chogʻida “Jurabek Laboratories” MCHJ qoʻshma korxonasida “COVID-19” ga qarshi vaksina ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishish asnosida Oʻzbekistonga yana 17,9 mln doza vaksina yetib kelishi kutilayotgani haqida xabar berildi:
Moderna — 3 mln doza;
Pfizer/Bio N Tech — 1,2 mln doza;
ZF-UZ-VAC-2001 — 12 mln doza
Sputnik V — 1,7 mln doza.
Demak, bugungi va ertangi partiyalarni hisobga olsak, Oʻzbekistonga yana 10 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi keltiriladi.