Uchrashuvda ikki mamlakat oʻrtasida madaniyat va sanʼat sohasidagi hamkorlikning hozirgi kundagi holati, uning rivojlanish darajasi va tendensiyalari, kanadalik madaniy soha namoyandalarining mamlakatimizda boʻlib oʻtadigan turli xalqaro festival va konsertlarda ishtirok etish masalasi muhokama etildi.

M.Madjidov ikki mamlakat madaniyat va sanʼatga ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻrtasida talaba hamda pedagoglar almashinuv dasturlarini yoʻlga qoʻyish, Oʻzbekiston yetakchi teatrlarining Kanadaga tashrifini tashkil etishni taklif qildi. Shuningdek, bir qator loyihalarda hamkorlik qilishga kelishib olindi.

Uchrashuv ochiq va doʻstona ruhda oʻtdi.