Unda dunyoning eng kuchli 100 nafar engil atletikachi ayollari qatoridan oʻzbekistonlik 4 nafar sportchi ayollarimiz joy olgan.

Jumladan, balandlikka sakrash boʻyicha Safina Saʼdullayeva reytingning 12-pogʻonasini zabt etdi, Osiyoda esa tengsiz deb topildi.

Ayni shu yoʻnalishda yana bir yurtdoshimiz Barnoxon Sayfullayeva reytingning 60-oʻrnini band etdi, Osiyoda esa 6-oʻrinda qayd etilgan.

Uch hatlab sakrash boʻyicha Sharifa Davronova dunyo boʻyicha 19-oʻrinni, Osiyoda esa 1-oʻrinni egallab turibdi.

Yadro itqitish boʻyicha esa Malika Nasriddinova reytingda 3 pogʻona yuqorilab, 51-oʻrinni, Osiyoda esa 8-oʻrinni band etdi.