Ma'lumotlarga ko'ra, Sankt-Peterburg shahri Petrozavodskaya ko'chasida etti yoshli bola ettinchi qavat deraza to'sig'iga osilib qolgan. Shu paytda uni bino ostida ishlayotgan Xayrullo ismli o'zbekistonlik migrant payqab qolgan.
U bolaga baqirib, uni to'xtatishga uringan, vaziyat jiddiylashganini anglagach esa oyna ostiga yaqinlashgan. Bola kuchsizlanib, boshi bilan pastga qulagan paytda, Xayrullo uni havoda ilib olishga ulgurgan, bag'riga bosib, zarbani yumshatgan. Shundan so'ng u bolani pod'ezdga olib kirib, tez yordam kelguniga qadar uni hushiga keltirishga harakat qilgan.
Bola tirik qolgan va hozirda reanimatsiya bo'limida davolanmoqda, uning ahvoli barqaror deb baholangan. O'zbekistonlik fuqaro engil jarohatlar olgan, unda jiddiy shikastlanish qayd etilmagan. Ma'lum bo'lishicha, 36 yoshli qutqaruvchi Peterburgda uylarga xizmat ko'rsatuvchi pudrat tashkilotida ishlaydi.