Oʻzbekistonlik ishbilarmonlar Boshqirdistonda Xalqaro biznes haftaligida ishtirok etmoqda. Forum Ufa shahrida 14-16-dekabr kunlari boʻlib oʻtmoqda. U oʻz maydonlarida uch mingdan ortiq ishtirokchini toʻpladi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati.
Forum doirasida 50 dan ortiq ishbilarmonlik tadbirlari oʻtkaziladi, unda 20 ta davlatdan 500 dan ortiq maʼruzachilar soʻzga chiqadi.
Ishtirokchilar orasida Boshqirdiston Respublikasi rahbari Radiy Xabirov, mintaqa hukumati bosh vaziri Andrey Nazarov, Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova, SHHT Ishbilarmonlar kengashi ijrochi kotibi Sergey Kanavskiy va boshqalar bor.
Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Armaniston, Belarus, Turkiya delegatsiyalari vakillari bilan alohida davra suhbatlari oʻtkaziladi.