Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmatining xabariga koʻra, oʻzbekistonlik maktab oʻquvchilari Belarus Respublikasi taʼlim vaziri Igor Karpenkoning taklifiga binoan bordi.

“Joriy yilning 20-30-avgust kunlari iqtidorli oʻquvchilarimiz belarus va rossiyalik tengdoshlari bilan birga turli madaniy markazlar hamda tarixiy obidalarga sayohat qilishdi. Shu bilan birga kompyuter toʻgaraklari, ommaviy tadbirlar, sport musobaqalarida ham faol ishtirok etib, tibbiyot markazida turli tibbiy muolajalar olib qaytdi”, deyiladi xabarda.

Xalq taʼlimi vazirligi oʻquvchilarning maroqli hordigʻini tashkillashtirgani uchun Belarus Respublikasi taʼlim vaziri Igor Karpenko va uning jamoasiga oʻz minnatdorchiligini izhor etadi.