ITHQ ning asosiy vazifalari IHTga aʼzo davlatlar oʻrtasida fan va texnologiyalar boʻyicha hamkorlikni kuchaytirish va rivojlanayotgan hududlarda ilm-fanni taraqqiy ettirish imkoniyatlarini oshirishdan iborat. Bundan koʻzlangan asosiy maqsad ilm va maʼrifatni rivojlantirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini ijtimoiy-iqtisodiy qoʻllab-quvatlash va fan yutuqlaridan jadal sanoatlashtirishda foydalanishdan iborat.

ITHQ ning ijroiya qoʻmitasi 1996-yildagi 15-yigʻilishida IHTga aʼzo davlatlarda ishlaydigan olimlar tomonidan olib borilgan muxim-olamshumul ilmiy ishlarni taqdirlash uchun (ikki yilda bir beriladigan) nufuzli mukofotlarni taʼsis etishga qaror qildi. Toʻrtta mukofot turi tasdiqlangan: “Eng yaxshi yosh tadqiqotchi”; “Eng yaxshi ilmiy kitob”; “Patent uchun”; “Eng yaxshi ilmiy maqola” mukofotilari.

Har bir mukofot sertifikat, faxriy nishon va pul mukofotdan iborat.

ITHQ xalqaro ekspertlari hayʼatining 2020-yil 24-sentyabrdagi qaroriga binoan, 2019-yil uchun matematika sohasida “Eng yaxshi ilmiy maqola” mukofoti, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti ilm-fan boʻyicha direktor oʻrinbosari, professor U.A.Rozikovga [Rozikov U.A. Tree-hierarchy of DNA and distribution of Holliday junctions. Jour. Math. Biology, 2017. V.75, No.6, p.1715-1733] maqolasi uchun berildi.

Bu xalqaro mukofot Oʻzbekiston fanlar akademiyasi Matematika instituti va barcha matematiklarimiz uchun katta faxrdir.

Rozikov Utkir Abdulloyevich:

2003-yilda “Oʻzbekiston belgisi” koʻkrak nishoni bilan mukofotlangan.

2003-yilda “Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi aʼlochisi” bilan mukofotlangan.

2017-yilda Oʻzbekiston Respublikasining 1-darajali Davlat mukofoti berilgan.

2017-yilda “Springer Nature Top Author” xalqaro mukofoti berilgan.

2018-yildan Butunjahon Fanlar akademiyasi (TWAS) akademigi.

U.Rozikov matematik analiz, algebra va extimollar nazariyasining zamonaviy usullarini rivojlantirishda yuksak natijalarga erishgan matematik-olim. Google scholar maʼlumotiga koʻra Oʻ.Roziqovning ishlariga 3071 ta iqtiboslik (ssilka) qilingan va h-index =30.

U.Rozikovning chop etgan ilmiy ishlari soni 250 dan koʻp (jumladan, chet elning nufuzli jurnallarida 145 ta). Shuningdek, Rozikovning quyidagi 4 ta kitobi hozirgi kunda dunyoning 200 dan ortiq universitetlari kutubxonalaridan munosib oʻrin olgan:

1. Rozikov U.A. Gibbs measures on Cayley trees. World Sci. PublSingapore. 2013, 404 pp.

2. Ibragimov Z., Levenberg N., Rozikov U., Sadullaev A. (Eds). Algebra, Complex Analysis, and Pluripotential Theory. 2018, V. 264, Springer Nature Switzerland.

3. Rozikov U.A. An introduction to mathematical billiards. World Sci. PublSingapore. 2019, 224 pp.

4. Rozikov U.A. Population dynamics: Algebraic and probabilistic approach. World Sci. Publ. Singapore. 2020, 460 pp.