Ertaga ushbu musobaqa finalida Germaniyaning “Bavariya” va Meksikaning “Tigres” klublari toʻqnash keladi. Eʼtiborlisi, final uchrashuvida hamyurtimiz inspektor sifatida ishlashi maʼlum qilindi, deya xabar berdi OʻFA Matbuot xizmati. 

Bunga qadar, Farhod Abdullayev ushbu turnirning ochilish oʻyini, yaʼni “Tigres” (Meksika) va “Ulsan Hyunday” (Janubiy Koreya) hamda yarim final doirasidagi “Palmeyras” (Braziliya) – “Tigres” (Meksika) bahslariga hakamlar nazoratchisi etib tayinlangandi.