Joriy yilda ilk bor terma jamoamizdagi o‘quvchilarga Olimpiada uchun yagona forma tiktirildi va tayyorgarlik jarayonlari Poytaxtimizning nufuzli mehmonxonalarida bo‘lib o‘tdi.
Xalqaro matematika olimpiadasida qatnashadigan terma jamoa tarkibi bilan tanishing:
Lazizbek Rajabboyev — Buxoro viloyati;
Anvarbek Raxmatov — Buxoro viloyati;
Iskandar Bo‘riyev — Toshkent shahri;
Jasurbek Ro‘ziboyev — Buxoro viloyati;
Tohirbek To‘lanov — Farg‘ona viloyati;
Jaloliddin Xolmatov — Toshkent shahri.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari ushbu olimpiadada 1997 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda hamda hozirga qadar 10 ta kumush, 28 bronza medallarni qo‘lga kiritgan.