“Anadolu” AA maʼlumotiga ko‘ra, zilziladan eng ko‘p jabr ko‘rgan janubiy Xatay viloyatida 100 kishidan iborat o‘zbekistonlik qutqaruvchilar o‘n kundan ortiq vaqt davomida ishlashmoqda. Qutqaruvchilar o‘z harakatlarini Turkiya hukumati huzuridagi Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish boshqarmasi (AFAD) vakillari bilan muvofiqlashtirmoqda.
Hozirgacha o‘zbekistonlik qutqaruvchilar vayronalar ostidan 70 kishini qutqarishga muvaffaq bo‘lishdi.
So‘nggi maʼlumotlarga ko‘ra, Turkiyada kuchli zilzila oqibatida qurbonlar soni 38 044 kishiga yetgan.