O'zbekistonlik san'atkorlar Italiyadagi festivalning gran-prisini qo'lga kiritishdi

    O'zbekiston jamoasi YuNESKOning nomoddiy madaniy merosi ro'yxatiga kiritilgan “Lazgi” raqsini ijro etdi

    Italiyaning Agridjento shahrida 5-12-mart kunlari “Internazionale Del Folklore” 65-xalqaro festivali boʻlib oʻtdi. Tanlovda dunyoning 29 davlatidan 52 folklor jamoalari ishtirok etdi? deb xabar beradi “Dunyo” AA.

    Eʼtiborlisi, festival tashkil etilganidan buyon ilk bor uning sahnasiga Markaziy Osiyo davlatlaridan guruhlar kirib keldi.

    Oʻzbekiston Davlat filarmoniyasining “Navroʻz” ashula va raqs ansambli “Lazgi” raqsini ijro etdi.

    Ansambl YUNESKO tomonidan Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi roʻyxatiga kiritilgan Xorazm lazgi raqsini ijro etgani uchun festivalning bosh sovrinini qoʻlga kiritdi.

    Hakamlar hayʼati sanʼatkorlarning ajoyib xoreografiyasi va chiroyli sahna liboslarini alohida eʼtirof etdi.