Bugun, 25-aprel Toshkentda Oʻzbekiston va Chernogoriya davlatlari turizm tadbirkorlarining ikki tomonlama ochiq muloqoti boʻlib oʻtdi.

Tadbirda ikki davlat rasmiylari oʻzaro turizm imkoniyatlari haqida fikr almashdi.

Maʼlum qilinishicha, 2023-yilning iyun oyidan boshlab Oʻzbekiston va Chernogoriya oʻrtasida doimiy toʻgʻridan-toʻgʻri aviareyslar yoʻlga qoʻyiladi. Bu Toshkent va Tivat shaharlari oʻrtasida amalga oshiriladi.

Muloqot chogʻida endilikda Chernogoriyaga borishda Oʻzbekiston fuqarolaridan viza talab etilmaydi.