Kechagi turda Javohir Sindarov Deng Kipriano Rean (JAR) ga qarshi dona surib, 1:0 hisobida gʻalaba qozongan boʻlsa, Nodirbek Yakubboyev Malek Koniaxli (Misr) ga qarshi oʻynab 1:0 hisobida gʻalabani qoʻlga kiritdi.
Shuningdek, Shamsiddin Vohidov Abdulla Gadimbayli (Ozarbayjon) bilan 0,5:-0,5 hisobida durrang oʻynadi. Nilufar Yakubboyeva esa, Yeva Repkova (Slovakiya)ga qarshi dona surib, u ham 0,5:-0,5 hisobida durrang natija qayd etdi.
Nodirbek Abdusattorov reytingi yuqoriligi sabab, bahslarni 2-bosqichdan boshlash uchun Boku shahriga yetib bordi.