Suhbat davomida Britaniya tomoniga Oʻzbekiston Hukumati tomonidan mehnat migratsiyasi sohasida olib borilayotgan ishlar, xorijda ishlayotgan vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish qaratilgan davlat dasturlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Mehnat muhojirlariga kasb va til oʻrgatish maqsadida tashkil etilgan oʻquv hamda “Ishga marxamat” monomarkazlar faoliyati taʼkidlandi.
Britaniya tomoni Oʻzbekiston Hukumatining mamlakat fuqarolarini chet elga tartibli va xavfsiz ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirayotgan tizimli ishlarini yuqori baholadi.
Taʼkidlanganidek, sohadagi islohotlar oʻzbekistonlik mehnat migrantlarini xorijda talabgor boʻlishiga hamda tayyor mutaxassis sifatida yuqori oylik maosh olishiga sabab boʻlmoqda.
“Oʻzbekistondan oliy toifadagi shifokorlarni ishga jalb qilish uchun oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va ular uchun kasbiy til koʻnikmalarini egallashlari uchun oʻquvlarni tashkil etishga tayyormiz. Tanlovdan oʻtgan shifokorlar Britaniyadagi nufuzli shifoxonalarda ish bilan taʼminlanadilar”, dedi u.
Muzokaralar yakunida “Triple West Medical” rekruting kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaning mamlakatimizga amaliy safarini uyushtirish va tegishli davlat idoralari vakillari bilan muzokaralar tashkil etishga kelishib olindi.
2008-yilda tashkil etilgan “Triple West Medical” kompaniyasi Britaniya va Irlandiyadagi davlat shifoxonalari bilan malakali xorijiy shifokorlarni ishga joylashtirish boʻyicha hamkorlik qiladi.