2022-yil 10-may, Toshkent. Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi respublikadagi korxonalar o‘rtasida navbatdagi so‘rovnomani o‘tkazdi. Aprel oyida ikki yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilgan so‘rovda 1000 dan ortiq korxona ishtirok etdi: biznesning hozirgi holatini sifatli baholash va tadbirkorlarning kelgusi uch oy davomida o‘z biznesini rivojlantirish istiqbollariga bo‘lgan umidlari.

Tanlamada Jahon bankining "Enterprise Survey" tarmoqlaroro stratifiqatsiyalash metodologiyasidan foydalanilgan.

Joriy yilning mart oyi bilan taqqoslaganda, ishbilarmonlik muhitining umumiy ko‘rsatkichi o‘zgarishsiz qoldi va 54 punktni tashkil etdi, bu mamlakatdagi ishbilarmonlik muhitining holatini ijobiy deb baholaydi.

Tarmoq kontekstida qishloq xo‘jaligidagi ishbilarmonlik muhiti ko‘rsatkichi 61 punktni, xizmat ko‘rsatishda - 55 punktni (2022 yil mart oyida – 59 punkti), qurilish – 51 punktni (2022 yil mart oyida – 56 punkt) va sanoat – 48 punktni (2022 yil mart oyida – 50 punkt) tashkil etdi.

Ishbilarmonlik muhitining umumiy indikatoridagi o‘zgarishlar indikatorning quyidagi tarkibiy qismlariga tuzatishlar bilan bog‘liq:

Ishbilarmonlik muhitining joriy holat ko‘rsatkichi 33 punktni tashkil etdi, bu tadbirkorlarning o‘z biznesining hozirgi holatiga nisbatan ijobiy kayfiyatini tavsiflaydi.

O‘z biznesining hozirgi holatini yaxshi deb qayd etgan respondentlarning ulushi 33%ni tashkil etdi. So‘nggi 3 oy ichida biznesning holati qanday o‘zgarganligi haqidagi savolga, tadbirkorlarning 32% – yaxshilandi, 51% – o‘zgarmadi va 17% – yomonlashdi deb javob berdi.

41% korxonalarda tovar/xizmatlarga bo‘lgan talab yaxshilandi, xodimlar soni esa 23% korxonalarda oshdi.

Qishloq xo‘jaligidagi hozirgi holat ko‘rsatkichi 43 punktni, xizmat ko‘rsatishda – 34 punktni, sanoatda – 20 punktni va qurilishda – 34 punktni tashkil etdi.

Biznesni rivojlantirish istiqbollarini kutish ko‘rsatkichi 78 punktni tashkil etdi, bu esa tadbirkorlarning kelgusi 3 oy davomida biznesni rivojlantirish istiqbollari haqidagi umidlarini optimistik deb aks ettiradi.

Tadbirkorlarning 81% o‘zlarining biznes istiqbollari yaxshilanishiga ishonishadi. 73% korxonalarda tovar va xizmatlarga bo‘lgan talab yaxshilanishi, respondentlarning 65% ishchilar sonining ko‘payishini kutmoqda.

Tadbirkorlarning 35% tovarlar/xizmatlar narxi keyingi 3 oy ichida o‘zgarmaydi deb ishonadi, 30% respondentlar narxlar ko‘tarilishini, 28%i o‘z tovarlar/xizmatlar narxi yaqin kelajakda qanday o‘zgarishini bilishmaydi va 6%i narxlar pasayadi deb taxmin qilishmoqda.

Tarmoqlar kesimida ishbilarmonlik faoliyatining istiqbollarini kutish ko‘rsatkichi: qishloq xo‘jaligi – 80 ball, sanoat – 79 ball, qurilish – 70 ball va xizmatlar – 77 ball.

Umuman olganda, mavjud vaziyat va istiqboldagi kutilmalar o‘rtasidagi bog‘liqlik shuni anglatadiki, tadbirkorlik subʼektlarining taxminlariga ko‘ra, iqtisodiyotni ijobiy rivojlantirish tendensiyasi keyingi 3 oy ham davom etadi.

So‘rovda ishtirok etgan tadbirkorlar orasida 37% tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishda hech qanday to‘siq yo‘qligini taʼkidladi.

 


Feruzbek Davletov,

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi sektor mudiri