Bu yilgi musobaqa oʻzbek oʻquvchilari uchun tarixiy natijalar bilan yakun topdi.
Yuqori darajadagi raqobatga qaramasdan, Oʻzbekiston terma jamoasining 2 nafar vakili muvaffaqiyatli ishtirok etib, mamlakatimizga 1 ta kumush va 1 ta bronza medalni olib keldi. Bu natija Oʻzbekiston informatika fanidan xalqaro maydondagi salohiyati oshib borayotganidan dalolat beradi.
Oʻzbekiston terma jamoasi natijalari:
- Asilbek Sunnatov — 378.82 ball bilan kumush medal sohibiga aylandi;
- Ulugʻbek Rahmatullayev — 308.12 ball bilan bronza medalini qoʻlga kiritdi.
Bu yutuq, xususan, Asilbek Sunnatovning kumush medali — Oʻzbekiston tarixidagi ilk kumush medal sifatida qayd etildi.
Xalqaro informatika olimpiadasida dunyo boʻylab yuzlab iqtidorli oʻquvchilar ishtirok etadi. Olimpiada rasmiy natijalari bilan https://stats.ioinformatics.org/results/2025 manzili orqali tanishish mumkin.








