Oʻzbekistonlik velosportchilar Osiyo chempionatini kuchli uchlikda yakunladi

    Sport 17 Fevral 2025 514

    Velosportchilarimiz musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza, jami 4 ta medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi boʻldi.

    Kecha Tailandda velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha kattalar, yoshlar va paravelosportchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionati yakunlandi.

    Toʻqqiz kun davom etgan qitʼa chempionatida Hamyurtlarimiz musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza, jami 4 ta medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi boʻlishdi.

    Medallar aralash estafeta hamda ayollar oʻrtasidagi bellashuvlarda qoʻlga kiritildi.

    Veloshosse boʻyicha Osiyo chempionatida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar:

    Oltin:

    • Yanina Kuskova
    • Samira Ismoilova (U-18)
    • Aralash jamoaviy estafeta (U-18).

    Bronza:

    • Asal Rizayeva.

    Endi hamyurtlarimiz Kuala-Lumpurda (Malayziya) boʻlib oʻtadigan velotrek boʻyicha Osiyo chempionatida gʻoliblik uchun bahs olib boradi.