Kecha Tailandda velosportning shosse yoʻnalishi boʻyicha kattalar, yoshlar va paravelosportchilar oʻrtasida oʻtkazilgan Osiyo chempionati yakunlandi.

Toʻqqiz kun davom etgan qitʼa chempionatida Hamyurtlarimiz musobaqada 3 ta oltin va 1 ta bronza, jami 4 ta medalni qoʻlga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi boʻlishdi.

Medallar aralash estafeta hamda ayollar oʻrtasidagi bellashuvlarda qoʻlga kiritildi.

Veloshosse boʻyicha Osiyo chempionatida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilar:

Oltin:

  • Yanina Kuskova
  • Samira Ismoilova (U-18)
  • Aralash jamoaviy estafeta (U-18).

Bronza:

  • Asal Rizayeva.

Endi hamyurtlarimiz Kuala-Lumpurda (Malayziya) boʻlib oʻtadigan velotrek boʻyicha Osiyo chempionatida gʻoliblik uchun bahs olib boradi.