Ular olti oy oldin Afrikaning eng yuqori nuqtasi, dengiz sathidan 5895 metr balandlikdagi Kilimanjaro choʻqqisiga chiqishgandi.

Kavkaz togʻlarida (Rossiya Federatsiyasi hududida) joylashgan Elbrus togʻi choʻqqisi butun qitʼaning eng yuqori nuqtasi hisoblanadi. 5642 metr balandlikni zabt etgan alpinistlar oppoq qorlar va bulutlarga oʻralib yotgan manzarani maroq bilan tomosha qilishlari mumkin.