Oʻzbekistonliklar eng koʻp qaysi davlatlarga safar qilmoqda?

    2025-yilning yanvar oktyabr oylarida qariyb 6,4 mln nafar Oʻzbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

    Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,3 mln nafarga yoki 24,7 % ga oshgan.

    Joriy yilning 10 oyida Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp safar qilgan TOP-10 davlat:

    • Qirgʻiz Respublikasi — 2,8 mln nafar;
    • Qozogʻiston — 1,2 mln nafar;
    • Tojikiston — 1,1 mln nafar;
    • Rossiya — 370,1 ming nafar;
    • Saudiya Arabistoni — 237,1 ming nafar;
    • Turkiya — 230,8 ming nafar;
    • BAA — 114,1 ming nafar;
    • Misr — 56,2 ming nafar;
    • Xitoy — 39,6 ming nafar;
    • Vyetnam — 32,8 ming nafar;
    • Boshqa davlatlar — 204,1 ming nafar.