Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,3 mln nafarga yoki 24,7 % ga oshgan.

Joriy yilning 10 oyida Oʻzbekiston fuqarolari eng koʻp safar qilgan TOP-10 davlat:

  • Qirgʻiz Respublikasi — 2,8 mln nafar;
  • Qozogʻiston — 1,2 mln nafar;
  • Tojikiston — 1,1 mln nafar;
  • Rossiya — 370,1 ming nafar;
  • Saudiya Arabistoni — 237,1 ming nafar;
  • Turkiya — 230,8 ming nafar;
  • BAA — 114,1 ming nafar;
  • Misr — 56,2 ming nafar;
  • Xitoy — 39,6 ming nafar;
  • Vyetnam — 32,8 ming nafar;
  • Boshqa davlatlar — 204,1 ming nafar.