Oʻzbekistonliklar uchun Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan qolish muddati 30 kungacha uzaytirildi

    Xalqaro hamkorlik 1 Fevral 2023 959

    Ushbu yangi qoida Qozogʻistonga 2023-yil 27-yanvardan keyin kirgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.

    Oʻzbekiston va Qozogʻiston hukumatlari oʻrtasida oʻrtasidagi “Fuqarolarning oʻzaro kelib-ketish shartlari toʻgʻrisida”gi Bitimga oʻzgartirish kiritilib, Oʻzbekiston fuqarolarining ushbu davlatga kirishi, boʻlishi va chiqib ketishi tartibi oʻzgardi.

    Endilikda, Oʻzbekiston fuqarolari chegarani kesib oʻtgan kundan boshlab 30 kalendar kun davomida Qozogʻistonda roʻyxatdan oʻtmasdan boʻlishi mumkin.

    Ammo, umumiy boʻlish muddati 180 kalendar kuni davomida 90 kalendar kundan, yaʼni 6 oy davomida 3-marta kirib-chiqishi va jami boʻlish muddati 3 oydan koʻp boʻlmasligi kerak.

    Ushbu yangi qoida Qozogʻistonga 2023-yil 27-yanvardan keyin kirgan shaxslarga nisbatan qoʻllaniladi.

    Eslatib oʻtamiz, Qozogʻistonga ishlash maqsadida boruvchi Oʻzbekiston fuqarolari uchun 1 oy davomida ish beruvchi bilan mehnat shartnomasini tuzgach, uni Xalqqa xizmat koʻrsatish markazida roʻyxatga kiritib, 3 oy muddat uchun ruxsatnoma olish yoki salohiyatli ish beruvchilar tomonidan kvota asosida ishga jalb qilish tartibi mavjud.