Respublika xavf darajasi past bo'lgan mamlakatlar qatoriga kiritilgan. Demak, mamlakatda zo'ravonlik darajasi past, terrorchilik xurujlari qayd etilmagan, ommaviy tartibsizliklar juda kam uchraydi, xavfsizlik va favqulodda vaziyatlar xizmatlari samarali ishlaydi, infratuzilma umume'tirof etilgan standartlarga javob beradi.

«International SOS» tahlilchilari Shveytsariya, Sloveniya, Daniya, Norvegiya, Finlyandiya, Islandiya va Grenlandiya orolini sayyohlar uchun dunyodagi eng xavfsiz davlatlar deb tan olishadi.

Afg'oniston, Ukraina, Iroq, Yaman, Liviya, Somali va Janubiy Sudan o'ta xavfli deb tasniflangan.