Maqola muallifi — Joanna Lillisning (Buyuk Britaniyaning “The Economist” jurnali maxsus muxbiri) qayd etishicha, Toshkent Qirgʻiziston orqali Xitoyni Oʻzbekiston bilan bogʻlovchi temir yoʻl qurish boʻyicha kelishuvni imzolash rejalarini tasdiqlagan.

Muallif Toshkentda boʻlib oʻtgan “Oʻzbekiston- Ozarbayjon- Turkiya” formatining birinchi yigʻilishida Oʻzbekiston tashqi ishlar vazirligi rahbari Vladimir Norov mamlakat rahbariyati Markaziy Osiyodan Turkiyaga va undan keyin Yevropaga transport va savdo yoʻnalishlarini rivojlantirish boʻyicha keng koʻlamli tashabbuslarni olgʻa surayotganini maʼlum qilganini oʻquvchilar eʼtiboriga havola etgan.

Xususan, Oʻzbekiston- Qirgʻiziston- Xitoy temir yoʻlining Transkavkaz yoʻlagi bilan bogʻlash mamlakatlar oʻrtasida yagona transport tarmogʻini yaratishi, shu bilan birga, Xitoydan Yevropagacha boʻlgan savdo geografiyasini kengaytirish uchun asos boʻlishi qayd etilgan”, deb xabar beradi “Dunyo” AA.

Hisob-kitoblarga koʻra, ushbu temir yoʻli qurilishiga 8 milliard dollar talab etiladi, deya xulosa qiladi “Eurasianet.