Reyting natijasiga koʻra, respublikadagi 4 ta oliy taʼlim muassasaci ilk bor yangi turdagi maqom — “Reporter” universitetlar qatorida eʼtirof etildi. Bular:

Toshkent davlat yuridik universiteti;
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti;
Turin politexnika universiteti;
Urganch davlat universiteti.

Ushbu maqom orqali yuqoridagi oliygohlar dunyoning TOP universitetlari reytingiga kirish uchun nomzod sifatida yana bir katta qadamni qoʻyishdi.

Maʼlumot oʻrnida, “Young University Rankings” reytingi dunyoning 50 va undan kichik yoshdagi eng yaxshi universitetlari roʻyxatini tuzadi. Roʻyxat “World University Rankings” flagmani bilan bir xil 13 ta mezon koʻrsatkichlariga asoslanadi.

2022-yilgi reyting 539 ta universitetni oʻz ichiga olib, shundan 251 ta oliygoh “Reporter” maqomiga ega boʻldi.