Bu haqda Markaziy bank departamenti direktori Sanjar Nosirov “Oʻzbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.
Uning taʼkidlashicha, 2021-yilda bitta bank investorlarga sotiladi.
“Transformatsiya natijasida bizning banklarimiz bozor sharoitida ishlashni oʻrganadilar”, dedi Markaziy bank vakili.
Unga koʻra, banklar korporativ boshqaruvni takomillashtirish, axborot texnologiyalarini joriy etish, shuningdek, mijozlarning bank faoliyatiga eʼtiborini oshirish boʻyicha ish olib bormoqda.
"2020-2025-yillarda bank tizimini isloh qilish strategiyasida 3 ta bankdagi davlat ulushini saqlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.
Xususan, strategiyani amalga oshirish davrida “Agrobank” qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatish,“Milliy bank” esa yirik davlat korxonalariga xizmat koʻrsatish uchun davlat ulushini saqlab qoladi, “Mikrokreditbank” joylarda moliyaviy xizmatlarining ochiqligi kamaytirmaydi, dedi Sanjar Nosirov.