Umumiy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi. Xususan, QBOKB vakili Oʻzbekistonning afgʻon xalqiga har tomonlama yordam koʻrsatish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tashabbusi bilan tashkil etilgan Termiz shahridagi Gumanitar yordam koʻrsatish boʻyicha xalqaro koʻp funksiyali transport-logistika xabi orqali Afgʻonistonga yuk tashish imkoniyatini yaratish borasidagi saʼy-harakatlarini yuqori baholadi.

Shu munosabat bilan tomonlar Oʻzbekiston va xalqaro hamkorlar oʻrtasidagi aloqalarni kengaytirish muhimligini taʼkidladilar. Shuningdek, nafaqat Afgʻonistonga, balki dunyoning boshqa mamlakatlariga ham yuklarni yetkazib berish uchun barcha zarur infratuzilmaga ega Termiz shahridagi Xalqaro xabdan keng foydalanish masalalari muhokama etildi, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.