Hindiston Qishloq xo‘jaligi va fermerlar farovonligi vazirligining tegishli qarorlari allaqachon Hindistonning “Gazette of India” rasmiy davlat nashrida eʼlon qilingan.
Ushbu qarorlarning qabul qilinishi agrar sohadagi tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi. Xususan, mamlakatimiz eksportchilari va agrotadbirkorlari Hindistonning ulkan va jadal rivojlanayotgan bozoriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri kirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Mahsulotlar fitosanitariya meʼyorlari va xavfsizlik standartlariga qatʼiy rioya qilingan holda yetkazib beriladi.
Bunga javoban O‘zbekiston Hindiston ananasi va papayyasi importi uchun xuddi shunday “yashil yo‘lak” taqdim etish jarayonini tezkorlik bilan jadallashtirmoqda.
Bu O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashda muhim qadam bo‘lib, mahalliy agrosektor uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.