Kelishuvda informatika oʻqituvchilari uchun treninglar tashkil etish, joriy oʻquv yilidan variativ oʻquv reja asosida frilanserlik yoʻnalishida yuqori sinf oʻquvchilariga Java Foundation kabi oʻquv kursini oʻqitishni tashkil etish nazarda tutilgan.
Birinchi navbatda joriy yil oktyabr-noyabr oylarida pilot maktablarining 60 nafar informatika oʻqituvchilari uchun xorijiy trenerlar tomonidan “Java dasturlash tili” hamda “SQL maʼlumotlar bazasi” yoʻnalishi boʻyicha onlayn treninglar tashkil etiladi. Treningni muvaffaqiyatli bitirgan oʻqituvchilarga trenerlik faoliyatiga ruxsat beruvchi tegishli sertifikat beriladi.
Ikkinchi navbatda pilot maktablarning kompyuter texnikasi sozligi hamda yuqori tezlikda keng polosali internet tarmogʻiga ulanishini shay holatga keltiriladi, hamda ota-onalar va oʻquvchilar bilan birgalikda frilanserlik yoʻnalishi boʻyicha variativ oʻquv reja oʻqitish joriy etilishi kelishiladi.
Shuni taʼkidlash joizki, mazkur kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan maktab bitiruvchilarining mehnat bozorida talab yuqori boʻlgan xalqaro darajadagi sertifikatni qoʻlga kiritishi hamda ish sharoiti, oylik maoshi va boshqa omillari maʼqul boʻlgan zamonaviy kasbini egallanishi taʼminlanadi, deb xabar beradi Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.