Tantanali marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan qisqa suhbatda Prezident Migel Bermudes Kuba Oʻzbekiston bilan doʻstlik, oʻzaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan munosabatlarni qadrlashini taʼkidladi.
Shuningdek, u Kuba hukumatining rasmiy Toshkent bilan siyosiy muloqotni faollashtirish va koʻp qirrali hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdorligi bildirdi.
Uchrashuv soʻngida Migel Bermudes Oʻzbekiston Prezidentiga hurmat va ezgu tilaklarni yetkazdi.
Elchi Ulugʻbek Lapasov Gavanaga tashrifi davomida Kuba milliy qahramoni Xose Marti haykali poyiga gul qoʻydi. Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi, Parlament, Sogʻliqni saqlash vazirligi, «BioKubaFarma« biotexnologiyalar va farmatsevtika sanoati guruhi bilan uchrashuv hamda muzokaralar oʻtkazdi.
Oʻzbekiston va Kuba oʻrtasida diplomatik munosabatlar 2006-yil 13-martda oʻrnatilgan. Ulugʻbek Lapasov esa Oʻzbekistonning Kubadagi 18-yildagi birinchi elchisidir.
Ulugʻbek Lapasov 42 yoshda. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetini, shuningdek, bir qator xorijiy universitetlar dasturlarini tamomlagan. Tashqi ishlar vazirligi tizimida stajyor sifatida ish boshlagan, markaziy apparatda va xorijdagi diplomatik vakolatxonalarda mehnat faoliyatini olib borgan. 2016-yildan beri maslahatchi, muvaqqat ishlar vakili, BMTning Jenevadagi vakolatxonasi va boshqa xalqaro tashkilotlardagi doimiy vakili, elchi lavozimlarida ishlagan. Fransuz, ingliz, rus tillarida soʻzlasha oladi.