Oʻzbekistonning Erondagi elchixonasi ham fuqarolarni ogohlikka chaqirdi

    Xavfsizlik 13 Iyun 2025 1092

    Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyat keskinlashishi ortidan Oʻzbekistonning Erondagi elchixonasi fuqarolarni xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilishga chaqirdi.

    Eron atrofidagi vaziyatning keskinlashishi munosabati bilan Oʻzbekiston elchixonasi Erondagi Oʻzbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralariga qatʼiy rioya qilishni, shuningdek, Eron hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini muntazam ravishda kuzatib borishni tavsiya qildi.

    Shuningdek, elchixona shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar va Oʻzbekiston elchixonasining aloqa maʼlumotlarini doimo birga olib yurish kerakligini qayd etgan.

    Shoshilinch yordam yoki maslahat kerak boʻlsa, Oʻzbekistonning Tehrondagi elchixonasiga quyidagi telefonlar orqali murojaat qilish mumkin: 22299780, 22832025

    Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi ushbu mamlakatda istiqomat qilayotgan Oʻzbekiston fuqarolariga ogohlantirish bilan chiqqandi.