Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi fuqarolarga murojaat bilan chiqdi

    Oʻzbekistonning Tel-Avivdagi elchixonasi Isroilda boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolariga xavfsizlik choralarini kuchaytirishni tavsiya qildi.

    Elchixona Isroildagi “murakkab vaziyatda” Oʻzbekiston fuqarolaridan shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrishni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni soʻragan.

    “Hozirgi paytda mamlakatning shimoliy hududlarida murakkab vaziyat vujudga kelayotganligini eʼtiborga olib oʻzingizning shaxsiy xavfsizlik choralarini koʻrishingizni va raketa otishmalari paytida boshpanalarni tark etmaslikni tavsiya etamiz. Isroil hukumati va Oʻzbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib boring. Isroil front orti qoʻmondonligidan bildirishnomalar va ogohlantirishlar (Home Front Command) mobil ilovasi yoki veb-sayti havolasini telefoningizga oʻrnating. Zaruriyatsiz koʻchaga va boshqa koʻngilochar muassasalarga tashrif buyurmang. Iltimos, oʻz hayotingizni ehtiyot qiling!”, — deyiladi Oʻzbekiston elchixonasi bayonotida.

    Zarur hollarda Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi konsullik boʻlimining quyidagi ishonch telefonlariga bogʻlanish mumkin:

    03-672-2466

    03-672-2371

    03-758-5075

    03-758-5076

    Favqulodda holatlarda va shoshilinch xabarlar uchun:

    +972 54 485 1397