Unda fuqarolar kuchli zilzilalar qayta sodir boʻlayotgani sababli ayrim qoidalarga qatʼiy rioya qilishga chaqirildi.

"Agar siz zilzila sodir boʻlyotgan viloyatlarda bino ichida boʻlsangiz, hujjatlar va zarur narsalarni olib, binodan tezda chiqing. Xonadan chiqyotganda liftda emas, zinapoyalardan foydalaning.

Koʻchada qoling, lekin binolar yonida turmang, ochiq joyga oʻting. Tinchlaning va boshqalarni tinchlantirishga harakat qiling!", deyiladi murojaatda.

Shuningdek, Oʻzbekiston fuqarolari zarur hollarda Oʻzbekiston Respublikasining Anqaradagi elchixonasi (tel.: +905380358534), Istanbul shahridagi bosh konsulxonasiga (tel.: +90-212-323-20-37, +90-212-323-20-39) murojaat qilishlari mumkinligi eslatib oʻtildi.