FVV Seysmoprognostik monitoring respublika markazi maʼlumotlariga koʻra, yer silkinishining markazi Jizzax viloyatining Baxmal tumaniga toʻgʻri kelgan.

Zilzila magnitudasi 3,7 ni tashkil etib, uning oʻchogʻi 10 km chuqurlikda joylashgan. Epitsentr koordinatalari 39,62 shimoliy kenglik va 67,56 sharqiy uzunlikni tashkil etdi. Yer silkinishi markazi Toshkent shahridan 230 km janubi-gʻarbda joylashgan.

Yer silkinishi Oʻzbekistonning bir qator tumanlarida quyidagi kuch bilan sezildi:

  • Bulungʻur tumanida: 2-3 ball.
  • Baxmal tumanida: 2-3 ball.
  • Toyloq tumanida: 2 ball.
  • Urgut tumanida: 2 ball.
  • Jomboy tumanida: 2 ball.
  • Gʻallaorol tumanida: 2 ball.

Hozircha zilzila oqibatida jabrlanganlar yoki vayronagarchiliklar haqida maʼlumot kelib tushmadi.