O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni tezlashtiriladi

    O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini yanada jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

    Investisiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari, Jahon savdo tashkiloti (JST) bilan ishlash bo‘yicha muzokaralar guruhi rahbari B.Obidov O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lishi doirasida JSTga a’zo davlatlar bilan qator ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazish uchun Jenevaga tashrif buyurdi.

    Muzokaralar natijasida O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayonini yanada jadallashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.