“Dunyo“ AAning xabar berishicha, unda Latviyaning yirik turagentliklar rahbarlari va turizm sohasiga aloqador koʻplab kompaniyalar vakillari ishtirok etdi.

Tadbir qatnashchilari eʼtiboriga davlatimiz rahbarining “Samarqand – Yangi Oʻzbekistonning turizm darvozasi“ tashabbusi hamda Buxoro, Toshkent, Xorazm va yurtimizning boshqa tarixiy maskanlari haqida maʼlumot berildi.

Oʻzbekiston va Latviya oʻrtasida turizm sohasidagi hamkorlik aloqalarining bugungi holati va istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi. Bu kabi tadbirlar xalqlarimiz oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi urgʻulandi.

Latviyalik mutaxassislar mamlakatimizda soʻngi yillarda turizm sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yuksak baholadilar.

Shuningdek, tadbir davomida Oʻzbekistonning Latviyadagi turizm brendi elchisi etib tayinlangan Vladimir Koryaginga maxsus sertifikat topshirildi.

Uchrashuv yakunida Boltiqboʻyi davlatlaridan yurtimizga turistlar oqimini oshirish, jumladan, yaqin vaqt ichida mazkur mamlakatlarning salohiyatli turkompaniyalari va turizm sohasi vakillari uchun yurtimiz boʻylab info-tur tashkil etish yuzasidan kelishib olindi.