Yaʼni yil boshiga nisabatan 0,7 mlrd. dollarga qisqargan.

Ayni kunda oltin zaxiramiz 20,7 mlrd. dollarga, xorijiy valyutadagi jamgʻarmamiz esa 12,5 mlrd. dollarga baholanmoqda. Yana 1,1 mlrd dollar xalqaro zaxira aktividir (Xalqaro valyuta jamgʻarmasi).

Yalpi xalqaro zaxiralar yil boshidan 2 foizga kamaydi. Mazkur oʻzgarish oltin narxining yil boshidagi 1799,25 dollardan 1790,6 dollargacha tushishi (-100,4 mln dollar), banklarining Markaziy bankdagi hisobvaraqlarida qoldiq miqdorining kamayishi (-526 mln dollar) hamda Markaziy bank tomonidan amalga oshirilgan valyuta intervensiyalari bilan izohlanadi.